Последние новости
MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA

MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA

Daniya armiyasining Quruqlikdagi qo‘shinlariga qarashli «Gidrema-910» rusumli muhandislik mashinasi piyodalar va tanklarga qarshi minalar, shuningdek, tuproqqa yashirilgan boshqa portlovchi moslamalarni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan.

Minalarni zararsizlantirish rotor tralning ularga mexanik ta’sir o‘tkazishi hisobiga amalga oshiriladi. Rotor 72 ta zanjirdan tashkil topgan bo‘lib, ularning uchiga maxsus jism o‘rnatilgan. Minalardan tozalash jarayonida mashina orqa tomonga harakatlanadi.

MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA  

Uni boshqarish operator tomonidan masofadan turib yoki kompyuterlashtirilgan avtopilot tizimidan foydalangan holda avtomatik rejimda amalga oshirilishi mumkin.

Minalardan tozalash jarayoni boshlanishidan oldin haydovchi-operator monitorda tuproq turi, tozalash chuqurligini sozlash, harakatlanish tezligi singari bir qancha parametrlarni tanlaydi.

Muhandislik mashinasining zirhlangan kabinasi ekipaj a’zolarining o‘qotar qurollar o‘qi va portlovchi moslamalar parchalaridan himoya qilinishini ta’minlaydi. U shuningdek, avtomobil ostida quvvati trotil ekvivalentida 10 kg.gacha bo‘lgan minalar portlashiga ham bardosh beradi. Mashinaning kuchlanish qurilmasi tarkibiga har birining quvvati 178 ot kuchiga teng bo‘lgan 2 ta dizel dvigateli kiradi.

MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA  

«Gidrema-910»ning og‘irligi 18 tonna, minalardan tozalash polosasi kengligi 3,5 metr, tozalash tezligi soatiga 1,4 km, shosse bo‘ylab maksimal harakatlanish tezligi soatiga 35 km, ekipaj 2 kishi. Mazkur mashina tegishli vazifalarni bajarish hududiga S-130 «Gerkules» harbiy-transport samolyoti yordamida yetkazilishi mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

"Ukroboronprom" korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi "Spetstexnoeksport" davlat tashqi savdo korxonasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan "Fantom-2" rusumli yangi, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *