Последние новости
SINOV NATIJALARIGA KO‘RA
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » SINOV NATIJALARIGA KO‘RA

SINOV NATIJALARIGA KO‘RA

Ukrainaning «Ukroboronservis» kompaniyasi mutaxassislari Ispaniyaning «Everis» firmasi bilan hamkorlikda MMC (Mobile Mortar Complex) deb nomlangan yangi o‘ziyurar minomyotning tajriba nusxasini yaratdilar.

Mazkur jangovar texnikaning artilleriya qismi tayyorlanish variantiga bog‘liq ravishda 81 yoki 120 mm.li minomyot bilan jihozlanishi mumkin. U Janubiy Koreyaning «Kia» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan KM-450 rusumli zirhli avtomobilga o‘rnatiladi.

SINOV NATIJALARIGA KO‘RA  

O‘ziyurar minomyotni poxod holatidan jangovar holatga o‘tkazish vaqti 35 soniyani, jangovardan poxod holatiga o‘tkazish vaqti esa 25 soniyani tashkil etadi. Standart o‘q-dorilar bilan maksimal otish uzoqligi 7,5 km. tashkil etadi.

G‘arb harbiy ommaviy axborot vositalari xabariga ko‘ra, mamlakatning quruqlikdagi qo‘shinlari poligonida oltita jangovar mashinadan tarkib topgan minomyot batareyasi sinovlari o‘tkazilgan.

Sinov natijalariga ko‘ra, mamlakat mudofaa vazirligi ishlab chiquvchilardan minomyotni jangovar mashinadan qisqa muddatda chiqarib olish va undan yerdan turib o‘t ochish uchun foydalanish imkoniyati yaratilishi lozimligini talab qilgan.

SINOV NATIJALARIGA KO‘RA  

Hozirda bildirilgan taklif va mulohazalar bo‘yicha MMCni yanada takomillashtirish ishlari davom etmoqda.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

"Ukroboronprom" korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi "Spetstexnoeksport" davlat tashqi savdo korxonasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan "Fantom-2" rusumli yangi, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *