Последние новости
SINOVLAR DAVOM ETMOQDA
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA

"Ukroboronprom" korporatsiyasi tarkibiga kiruvchi "Spetstexnoeksport" davlat tashqi savdo korxonasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan "Fantom-2" rusumli yangi, ko'p maqsadli haydovchisiz apparat turli sharoitlarda sinovlardan o'tkazish uchun Yaqin Sharq mintaqasiga yuborilgan.

Ukrainalik mutaxassislar mazkur platformani 12 oy mobaynida Birlashgan Arab amirliklari va Quvayt hududida jangovar sharoitlarda tekshirish, shuningdek apparatning otish imkoniyatlarini namoyish etishni rejalashtirgan.

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA  

"Fantom-2" birinchi marta AQSh Quruqlikdagi qo'shinlari ko'rgazmasida harbiy ekspertlar e'tiboriga havola etilgan. "Fantom"ning baza modifikatsiyasi olti g'ildirakli formulaga ega bo'lgan. Ko'rgazmada esa bu mashinaning seriyali ravishda ishlab chiqarishga mo'ljallangan yangi, sakkiz g'ildirakli varianti namoyish etilgan.

"Fantom-2"ning avval ma'lum qilingan texnik-taktik tavsiflariga bir qator o'zgarishlar kiritilgan. Xususan, apparatning uzunligi avvalgidek 4,2 metr va balandligi 1,2 metr bo'lsa, endilikda uning eni 2,2 metrni (avval - 1,8 metr), og'irligi 1200 kilogramm (1600 kg) va yuk ko'tarish imkoniyati 900 kilogrammni (850 kg) tashkil etadi.

SINOVLAR DAVOM ETMOQDA  

Yangilangan ma'lumotlarga muvofiq, transport vositasining ko'tarish burchagi 30° ni tashkil etadi va u qiyalik burchagi 25° gacha bo'lgan to'siqlarni yengib o'tishi mumkin. Haydovchisiz apparat dizel-elektr kuchlanish qurilmasi bilan jihozlangan va 7 sutka mobaynida kutish rejimida turishi mumkin.

Shuningdek, avvalgi maqolamizda Braziliyaning KS-390 rusumli yangi taktik transport-yonilg‘i quyish samolyoti haqida ushbu sahifada batafsil xabarnoma berilgan.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA

MINALARDAN TOZALOVCHI MASHINA

Daniya armiyasining Quruqlikdagi qo‘shinlariga qarashli «Gidrema-910» rusumli muhandislik mashinasi piyodalar va tanklarga qarshi minalar, shuningdek, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *