Последние новости
Zamonaviy axborot texnologiyalari-miniatyura
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » Zamonaviy axborot texnologiyalari

Zamonaviy axborot texnologiyalari

Bugun axborot texnologiyalari kirib bormagan soha qolmadi. Qaysi bir jabhani olmaylik qulaylik, oshkoralik va tezkorlik bobida zamonaviy axborot texnologiyalari yangilanishlarning muhim omiliga aylanib borayotir.

Shu bois, yurtimizda iqtisodiy-barqarorlik, ijtimoiy farovonlikni ta’minlash, aholi turmush darajasini yanada oshirish uchun barcha jabhaga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga alohida ahamiyat berilmoqda.

Zamonaviy axborot texnologiyalari-1  

Bu borada, eng avvalo, sohaning huquqiy asoslarini shakllantirishga e’tibor qaratilayapti. Xususan, o‘tgan davrda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi “Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida”gi, “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi, “Elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi bir qator qonunlar qabul qilingani buning tasdig‘idir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari — samarali muloqot vositasi

Axborot texnologiyalarini rivojlantirish va keng qo‘llash davlatimizning yaqin hamda uzoq muddatga mo‘ljallangan muhim strategik vazifalari qatorida turganini alohida qayd etish joiz. Bunga Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi misolida yana bir bor amin bo‘lish mumkin.

Unda ta’kidlanganidek, 2030 yilgacha mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotini 2 barobardan ziyod oshirishda ilg‘or texnologiyalar hamda axborot-kommunikatsiya tizimlarini barcha sohaga yanada faol jalb etish muhim ahamiyatga egadir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari-2  

Binobarin, jahon amaliyoti axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining taraqqiyoti mamlakatning raqobatdoshligini oshirish, katta oqimdagi axborotni to‘plash va umumlashtirish, boshqaruvni strategik darajada tashkil etish uchun keng imkoniyatlar yaratib berishda asosiy omilga ega ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ayni paytda dunyo bo‘yicha yaratilayotgan yalpi ichki mahsulotning o‘rtacha 5,5 foizdan ortig‘i axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Mutaxassislar fikriga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2020 yilda 9 foizdan oshishi kutilmoqda.

Bundan ko‘rinib turibdiki, zamonaviy axborot texnologiyalari va dasturiy mahsulotlar daromadbop sohalardan biri sifatida davlat iqtisodiyotini rivojlantirishda muhim tarmoqlardan biriga aylanib borayotir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari-4  

Aynan axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish davlat idoralari faoliyatining yanada shaffofligini ta’minlashga, muhim boshqaruv jarayonlarida fuqarolar va fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalarining faol ishtirok etishi uchun sharoit yaratadi.

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish

Qolaversa, bugun hayotning o‘zi   bizga axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish biznes yuritishni yaxshilash, iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta’minlash bilan birga, hayot sifatini oshirishga ham xizmat qilishini ko‘rsatib turibdi.

Shu bois, yurtimiz iqtisodiyotida muhim o‘rin tutib borayotgan ushbu tarmoqni jadal sur’atlar bilan ravnaq toptirish, yalpi ichki mahsulotda uning ulushini muttasil oshirib borish muhim vazifalarimizdan ekanini ko‘rsatadi.

Bu jarayonda, ayniqsa, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, o‘z navbatida, deputatlar sohaga oid qonunchilik bazasini yanada takomillashtirish, amaldagi qonunlarning ijrosini ta’minlashda parlament nazorati institutini faol qo‘llagan holda aniq mexanizmlarga asoslangan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirishi davr taqozosidir.

Zamonaviy axborot texnologiyalari-3  

Ma’lumki, axborot texnologiyalari islohotlar jarayonining ochiqligini ta’minlash, davlat va jamiyat o‘rtasida samarali axborot almashish mexanizmini o‘rnatishda muhim-vosita sanaladi. Ayni paytda Hukumat, vazirlik va idoralar, shuningdek, parlament a’zolarining aholi bilan samarali muloqot o‘rnatish uchun maxsus virtual qabulxonalari tashkil etilgani, avvalo, jahon amaliyotiga uyg‘un holda sohada qonun hujjatlarini muttasil takomillashtirib borish, yangi qonunlarning mazmun-mohiyatidan keng jamoatchilikni xabardor qilish va ularni amaliyotga samarali tatbiq etishga xizmat qiladi.

Bu, ayniqsa, Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida keng jamoatchilik bilan muloqot qilish, istiqboldagi dolzarb masala hamda vazifalarni hayotiy talab va istaklar bilan uyg‘un holda bajarishga yordam beradi.

Muallif: Rasul Kusherbaev,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov 

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo’lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o’rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o’z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag’oyat hursand bo’laman. Oldindan o’z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

RPG-32 «Hoshim» rusumli reaktiv qo‘l granatomyoti Rossiya va Iordaniya mutaxassislarining qo‘shma loyihasi asosida yaratilgan bo‘lib, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *