Последние новости
VSR700 rusumli uchuvchisiz uchish apparati
Домой » YANGILIKLAR » JAHON » VSR700 rusumli uchuvchisiz uchish apparati

VSR700 rusumli uchuvchisiz uchish apparati

«Erbas gelikopters» firmasi va Fransiyaning DCNS kemasozlik korporatsiyasi mutaxassislari Fransiya Harbiy dengiz kuchlari uchun mo‘ljallangan vertolyot tipidagi VSR700 rusumli uchuvchisiz uchish apparatini ishlab chiqmoqda.

VSR700 rusumli uchuvchisiz uchish apparati  

Bu jangovar mashina «Gimbal gelikopters» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan «Kabri G2» (Gabry G2) rusumli yengil vertolyot asosida yaratilmoqda. «Erbas» mazkur apparatning yaratilishi uchun, DCNS esa uni Harbiy dengiz kuchlariga qarashli kemalarda qo‘llashga moslashtirish uchun javob beradi.

Ishlab chiquvchilar bayonotiga ko‘ra, mazkur yangi jangovar vosita yuqori balandlikdan razvedka va kuzatuv ishlarini olib borish, nishonlarni aniqlash va ko‘rsatib berish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, apparat chegaralangan darajada zarba berish imkoniyatlariga ega bo‘lishi ham mumkin.

VSR700 rusumli uchuvchisiz uchish apparati  

Ma’lumotlarda keltirilgan taktik-texnik tavsiflarga muvofiq, apparatning uzunligi 6,2 metr, ko‘taruvchi vint diametri 7,2 metr, maksimal ko‘tarilish og‘irligi 680 kilogramm, foydali yuklanma og‘irligi 250 kilogramm, maksimal uchish tezligi soatiga 180 kilometr, amaliy ko‘tarilish balandligi 4000 metr, maksimal uchish masofasi 250 kilometrni tashkil etadi.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

«BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»

«BRAUNING», «KOLT» VA «MAUZYER»

Mazkur maqolada qurollarning paydo bo‘lishi, ularning yaratilishi hamda hozirgi kunda ulardan to‘g‘ri foydalanish ilmiy jihatdan …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *