Последние новости
XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON
Домой » YANGILIKLAR » IJTIMOIY SOHA » XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON

XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON

Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti jamoasi “Vatanparvarlik oyligi” doirasida ko'plab tadbirlar o'tkazib, ularda keng jamoatchilik, ayniqsa yoshlarni jalb qilib kelmoqda.

Marhum kichik serjant Janibek Saidazimov xizmat vazifasini bajarish chog'ida halok bo'lgan. Podpolkovnik Akrom Shohakimov yetakchiligidagi bilim yurtining bir guruh harbiy xizmatchilari, Chirchiq harbiy prokuraturasi xodimlari, hokimlik vakillari bayram arafasida Janibekning uyiga tashrif buyurib, ota-onasi holidan xabar olishdi.

XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON  

Yolg'iz o'g'lidan ayrilgan Umarali aka va Akjarkin opa mehmonlarni kutib olishar ekan, har safardagidek Janibekning fazilatlari haqida gapirishdan charchashmasdi. Kursantlar va askarlar Janibekning fazilatlari, xizmatdagi jasoratlari to'g'risidagi fikrlarni diqqat bilan tinglab, uning ota-onasiga bayram sovg'alarini topshirishdi.

Shu kuni harbiy xizmatchilar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Vasiliy Juchkov xonadonida ham bo'lib, uning holidan xabar olishdi. Uyi atrofini obod qilib, otaxonga esdalik sovg'alarini berishdi. Chirchiq shahridagi 14-sonli mehribonlik uyida bo'lib o'tgan bayram tadbiri esa, bolajonlarga olam-olam taassurot bag'ishladi.

XALQ VA ARMIYA - BIR TANU BIR JON  

Kursant akalaridan sovg'alarni qabul qilib olishar ekan, tarbiyalanuvchilar o'z minnatdorchiliklarini she'r va tabriklar bilan izhor etishdi. Kursant Sherali Qo'chqorov ushbu mehribonlik uyida 15 yil tarbiyalangan. Ayni paytda bilim yurtining 3-kursida tahsil olayotgan Sherali bolalarga o'z xizmat faoliyati, o'qish jarayonlari va yaratilgan sharoitlar haqida gapirib berdi.

Umumiy aytganda Chirchiq oliy tank qo'mondonlik-muhandislik bilim yurti shaxsiy tarkibi bu kabi ezgu tadbirlar orqali xalq va armiya yakdilligini amalda namoyish qilib kelmoqdalar.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *