Последние новости
YANGI YUK MASHINASI
Домой » YANGILIKLAR » TEXNOLOGIYA » AVTO - MOTO » YANGI YUK MASHINASI

YANGI YUK MASHINASI

MSV avtomobili (g‘ildiraklar formulasi 8 x 8) «Armor xoldings» kompaniyasi mutaxassislari tomonidan «Umumqo‘shin yuk avtomobillari» dasturi doirasida ishlab chiqilgan. Mazkur yangi mashina ekipaj a’zolari va asosiy uzel hamda agregatlarning 7,62 mm.li o‘qlar, artilleriya snaryadlari va transportga qarshi minalar parchalaridan ishonchli himoyalanishini ta’minlaydi.

Bunga to‘liq payvandlangan zirhli kabinadan foydalanish va mashina perimetri bo‘ylab kompozitsion materialdan tayyorlangan plastinalar o‘rnatilishi hisobiga erishilgan. Kabinaning tub qismi mashina bortlari va tomiga nisbatan ancha qalin zirhga ega.

Uning tagidagi ramaga V-simon shakldagi maxsus zarba qaytaruvchi plita mustahkamlangan. Kabina va motor bo‘lmasining ichki qismi avtonom yong‘in o‘chirish tizimi bilan jihozlangan.

YANGI YUK MASHINASI  

MSV avtomobili tarkibida turbopuflagich va oraliq havo sovutgichiga ega bo‘lgan «Katerpiller S9» dizel dvigateli, kuchlanish generatori va 4 ta nikel-metallogidrid akkumulyator batareyasi kiradi. Mashinaga takomillashtirilgan harakatlantiruvchi qism o‘rnatilgani sababli uning o‘nqir-cho‘nqir joylardagi o‘rtacha harakatlanish tezligi 24 km.dan 31 km.gacha oshgan.

Maxsus uskunalar tarkibiga kiruvchi universal kran qurilmasi og‘irligi 12 tonnagacha bo‘lgan yuklarni ko‘tarish-tushirish, shuningdek, yuk platformasini montaj/demontaj qilish ishlarini amalga oshirish imkonini beradi.

MSVning asosiy texnik-taktik tavsiflari quyidagicha: - og‘irligi 12,5 tonna, uzunligi 9,8 metr, eni 2,4 metr, balandligi 2,6 metr, dvigatelning tortish quvvati 455 ot kuchiga teng, shosse bo‘ylab maksimal harakatlanish tezligi soatiga 110 km, yonilg‘i baklari sig‘imi 450 litrni tashkil etadi.

Ushbu web-sayt ma’muri va muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

«HOSHIM» RPG-32 RUSUMLI GRANATOMYOT

RPG-32 «Hoshim» rusumli reaktiv qo‘l granatomyoti Rossiya va Iordaniya mutaxassislarining qo‘shma loyihasi asosida yaratilgan bo‘lib, …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *