Ultimate magazine theme for WordPress.

IJTIMOIY TARMOQLAR ETIKASI

19

Sizning tahririyatingizda xodimlar ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarini qanday tutishlari lozimligi haqidagi qoidalar (tartib, ko‘rsatma, qo‘llanma va boshqalar) mavjudmi?

Ko‘plab xorijiy ommaviy axborot vositalarida ana shunday qoidalar ishlaydi, biz e’tiboringizga keng qo‘llanilayotgan tartib-qoida va foydali havolalardan ayrimlarini keltirib o‘tamiz.

“Nyu-York tayms” gazetasi 2017 yil oxirida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlar xulq-atvoriga oid qo‘llanma qabul qilgan edi, hujjatda u ijtimoiy tarmoqlarda ko‘pmillionli auditoriyaga ega yetakchi muxbirlar bilan ishlab chiqilgani ta’kidlanadi.

 

Ijtimoiy tarmoqlar etikasi-3

Muhim fikrlar:

  • Ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlar har qanday nuqtai nazarni qo‘llab-quvvatlamasliklari, siyosiy qarashlarni targ‘ib qilmasliklari, nomzodlarni qo‘llab-quvvatlamasliklari yoki haqoratomuz fikrlar bildirmasliklari kerak.
  • Jurnalistlar ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarini hurmat qilishlari kerak. Agar o‘quvchi sizning ishingizni tanqid qilsa, unga biror narsani tushunmaganligini yozmang.
  • Agar tanqid tajovuzkor bo‘lsa ham, unga ehtimol javob bermaslik kerak. Nyu-York tayms jurnalistlarning tahdid yoki haqoratga javoban uni yo‘llagan odamni ijtimoiy tarmoqlarda o‘chirib yoki bloklab qo‘yish huquqini qo‘llab-quvvatlaydi.
  • Shaffof bo‘ling. Agar siz Tvitterda xato yoki noo‘rin narsani yozgan bo‘lsangiz va uni yo‘q qilmoqchi bo‘lsangiz, keyingi tvitda o‘chirganingizni tasdiqlang.
  • Jurnalist Nik Konfessor: “Haqiqat shundaki, mening Twitter orqali yozganlarim – bu The NewYork Times hisob qaydlari. “The NewYork Times” buni nazorat qilmaydi, lekin mening tasmamda ko‘rinadigan narsalar uchun javobgardir”.
  • Ommaviy axborot vositalari o‘z jurnalistlariga ijtimoiy tarmoqlardagi xizmatdan shikoyat qilishni tavsiya etmaydi, chunki muharrir yoki jurnalist maqomi tufayli ushbu murojaatga ko‘proq e’tibor berilishi mumkinligi ta’kidlanadi.
  • Jurnalist Meggi Haberman tomonidan ijtimoiy tarmoqda nashr etilishidan oldin berilgan maslahat: “Nashr qilishdan oldin, o‘zingizdan so‘rang: bu haqda gapirish kerakmi, men bu haqda gapirishim kerakmi, men hozir bu haqda gapirishim kerakmi? Agar siz ushbu uchta savolning birortasiga “yo‘q” deb javob bersangiz, yaxshisi shoshilmang”.

Ijtimoiy tarmoqlar etikasi-2

BBC o‘z xodimlariga tavsiyalarni “ahmoqona ish qilmang” iborasi bilan boshlaydi. Jurnalistlarga ijtimoiy tarmoqlarda ish joyini ko‘rsatishni maslahat berishadi, lekin shu bilan birga, postlar tahririyat pozitsiyasini ifoda etmasligini ham yozib qo‘yishni tavsiya etishadi.

Tahririyat qoidalarida, shuningdek, xodimlar boshqa manbaalardan foydalanishda diqqat-e’tiborli bo‘lish lozimligi ta’kidlangan. O‘quvchini chalg‘itmaslik uchun repostlarni sharhlar bilan birga olib borish va ular qaysi guruhga tegishli ekanini (ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda o‘zlarining akkauntlari bilan nizolashayotgan bir necha tomonlar bo‘lsa) bildirish va qaysi sahifalarni yoqtirishlarini hisobga olish tavsiya etiladi.

OnlineNewsAssociation axloqiy qismida ijtimoiy tarmoqlarda jurnalistlarning ishtiroki haqida savol va javoblar mavjud. Ulardan foydalanib, o‘z tahririyatingiz uchun ko‘rsatmalar yaratishingiz mumkin. Ushbu axloqiy me’yorlarda siyosatchilar yoki taniqli kishilarning ochiq akkauntlari bilan do‘stlashishdan oldin uning soxta yoki haqiqiy ekanini aniqlash tavsiya etiladi.

Ijtimoiy tarmoqlar etikasi-4

Jurnalist uchun buni tekshirish juda oson va agar u soxta akkaunt bilan do‘st tutingan bo‘lsa, bu auditoriyani chalg‘itishi mumkin. Ko‘p qo‘llanmalarda mavjud bo‘lgan umumiy maslahatlar quyidagicha: “Onlayn ham, oflayn ham o‘zingizni birdek tuting. Shaxsiy guruhlarga yoki shaxsiy xabarlar sahifasiga odamlarning o‘ziga ayta olmaydian narsalarni yozmang. Internetda hech qanday maxfiylik yo‘q, o‘zingizning va ommaviy axborot vositasining obro‘siga putur yetkazadigan xatti-harakatlardan saqlaning”.

Ushbu web-sayt ma’muri hamda oddiy bir inson sifatida Sizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik hamda ezguli ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab Qobiljon Ataxanov.

P.S. E’tiboringizga taqdim etilayotgan maqolalarga munosabat bildirib, sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan o‘z minnatdorchiligimni izhor qilaman! Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing.

Tanlangan sara maqolalar bilan tanishish istagingiz bo‘lsa, marhamat ushbu manzilga tashrif buyursangiz barcha to‘plangan maqolalar jamlanmasi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lasiz.