Последние новости
Aliexpress — дунёдаги энг машҳур онлайн интернет савдо портали
Домой » INTERNET BIZNES » Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

Salom, aziz do’stlar hamda muhlislar! Sizlar bilan LiveJournal.Uz nomli men uchun ardoqli bo’lgan shaxsiy web-saytim sahifalarida nashr qilinayotgan navbatdagi maqolada yana bir bor uchrashib turganimdan beihtiyor mamnunman!

Aliexpressda — onlayn savdo-sotiq yuritish

Siz dunyodagi eng mashhur Aliexpress onlayn internet savdo portali haqida eshitganmisiz? Agar yo’q bo’lsa, men Sizga ushbu maqolam orqali uning asoschisi kimligi, uning biografiyasi, faoliyati, oilasi hamda daromadlari, umuman hamma-hammasi haqida batafsil tushuntirib o’taman, faqat Siz shoshmasdan maqolani bir boshdan boshlab so’nggi qatorigacha o’qib chiqing, shunda Siz to’laqonli ma’lumotga ega bo’lasiz.

Siz mazkur veb-resursga tashrif buyurib ushbu maqolani o’qiyotgan ekansiz, demak Internet tarmog’idan birinchi marta foydalanmayotganingizga aminman.

Bundan ko’rinib turibdiki, barchani bir xilda qiziqtirayotgan Internet tarmog’ida pul ishlash kabi dolzarb mavzu Sizni ham chetlab o’tmagan. Shu sohani keng yoritib borish maqsadida, buning natijasida esa kishilarga batafsil va atroflicha, keng qamrovli ma’lumotlarni taqdim etishni o’z oldimga vazifa sifatida qo’ygan ekanman, maqolalarim Sizlarga manzur bo’lishidan, shuningdek Sizga bir oz bo’lsada naf keltirishidan beihtiyor hursand bo’laman.

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

Binobarin, Internet tarmog’idan birinchi kun foydalanmayotgan ekansiz, Internet sohasida tadbirkorlik faoliyatini yurituvchi kishilar, kompaniyalar, tashkilotlar va muassasalar bilan yaqindan tanish ekanligingizga hech qanday shubham yo’q.

Shular qatorida, “Alibaba Group” kompaniyasi haqida ham eshitgan yoki bevosita tanishgan bo’lishingiz mumkin. Agar tanishmagan bo’lsangiz, unda marhamat, men ushbu maqolamda dunyoda eng mashhur Internet onlayn savdo-sotiq faoliyati bilan shug’ullanib shuhrat qozongan kompaniya hamda uning asoschisi, olib borayotgan faoliyati, uning daromadlari va hokazolar haqida atroflicha axborot berishga baholi qudrat harakat qilaman.

Keling, “Alibaba Group” kompaniyasining asoschisi va kompaniya Direktorlar Kengashining Raisi — Ma Yun yoki Djek Ma janoblarining biografiyasi bilan tanishib chiqsak.

Ma Yun yoki Djek Ma janoblarining biografiyasi

Ma Yun yoki Djek Ma - 1964-yilning 10-sentyabr kuni Xitoy xalq Respublikasining Chjetszyan provintsiyasidagi Xanchjou shahrida musiqachilar oilasida tavallud topgan. Bolalik chog’laridan boshlab ingliz tilini o’rganishni orzu qilib, velosipedini mingib o’zi yashaydigan shaharga yaqin mehmonxonalarning biriga borib xorijiy mehmonlar bilan ingliz tilida suhbatlashib, shu tilni o’zlashtirishga tirishgan.

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

O’zining til o’rganishga bo’lgan qiziqishlari ketidan uni yanada chuqurroq o’zlashtirish maqsadida o’zi yashaydigan shaharga kelgan xorijiy mehmonlarni shahar, undagi tarixiy obidalar va qadamjo maskanlar bilan tanishtirish uchun bepul gid sifatida ishlashga ham jazm qilgan.

Ikki marotaba kolledjga kirish imtihonlarida muvaffaqiyatsizlikka uchrab, o’qishga kiraolmagan. Shundan so’ng 1988-yilda o’zi yashaydigan shahardagi Pedagogika institutining ingliz tili yo’nalishi bo’yicha tahsil olib tugatgan. Keyinchalik mazkur institutga o’qituvchi lavozimiga ishga qabul qilingan va oyiga 12-15 AQSh dollari miqdoridagi ish haqiga ko’nib mehnat qilgan. U oilali, turmush o’rtog’i o’zining kursdoshi Chjan In ismli ayol, ikki nafar, bir o’g’il va qiz farzandlari bor.

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

Ma Yun yoki Djek Ma janoblarining mehnat faoliyati

O’tgan asrning 90-yillarini boshlarida ushbu dargohdan ishdan bo’shab, uzoq vaqt o’ziga mos keluvchi ish axtarib, hattoki “Kentucky Fried Chicken” («Жареный цыплёнок из Кентукки») nomli taniqli restoran menedjerining yordamchisi sifatida ham ishga joylashaolmagan. Bir necha yillar davomida turli xildagi ishlarni bajarib tirikchilik yuritgan.

So’ngra, 1995-yilda Ma Yun savdo-sotiq Palatasi vakillari bilan birgalikda tarjimon vazifasida Sietlga borishga muvaffaq bo’lgan. Shunda AQShda bir do’sti unga Internet tarmog’ini ishlashini unga ko’rsatgan va u bundan hursand bo’lib Internet tarmog’i orqali o’z vatani haqida biror bir ma’lumot olish uchun Yahoo izlash tizimidan axborot izlab topishga harakat qilgan, ammo natijada izlash tizimida bunday ma’lumot mavjud emas degan yozuvni ko’rib juda ham ko’ngli o’ksigan.

O’sha davrlarda Ma Yun hali u Internet tarmoq tizimini mavjudligi va ishlash tizimini mutlaqo tushunmas edi, hattoki kompyuterdan ham foydalanishni bilmasdi. Shundan so’ng, o’z vatanida Internet kompaniya tashkil etishni maqsad qilib, o’zining turmush o’rtog’i va yaqin do’stining yordamida 2.000 AQSh dollari miqdorida mablag’ to’plab ushbu kompaniyani tashkil etadilar.

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

Moliyaviy qiyinchilik oqibatida kompaniya o’z faoliyatini uning uyida boshlashdan boshqa chora topilmaydi. Dastlab ular web-sayt yaratish ishlarini yo’lga qo’yadilar va bir qator muvffaqiyatlarga erishadilar. Keyinchalik u o’sha kunlarni quyidagicha eslaydi;

“Birinchi kun Internet tarmog’iga ulanganimizda, men o’z yaqin do’stlarimni taklif etdim. Web-sahifa yuklanishigacha uch soat vaqt ketdi. Bu orada biz do’stlarim bilan birga televizor tomosha qildik, suhbatlashdik va hatto karta ham o’ynadik. Lekin men nihoyatda mag’rurlanardim va nihoyat men do’stlarimga Internet tarmog’i haqiqatan ham mavjud ekanligini isbotladim” – deydi.

Oradan uch yil o’tgach kompaniyaning daromadi 5.000.000 (besh million) yuaney (800.000 AQSh dollari)ni tashkil etgan.

Shundan so’ng, Ma Yun 1998-1999-yillar davomida “Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi” huzuridagi Xitoy xalqaro elektron savdo markazini boshqargan. 1999-yilda Ma Yun o’zi mustaqil tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanish maqsadida ushbu lavozimdan bo’shab, 17 nafar do’stlari bilan birgalikda kichik va o’rta ishlab chiqarish korxonalarini sotishga ixtisoslashgan “Alibaba Group” kompaniyasini tashkil etishadi.

Mazkur kompaniyani to’laqonli ish boshlashi uchun 60.000 AQSh dollari sarflangan. Kompaniyaning nomi dunyo xalqlari o’rtasida «xazina» mazmunini anglatgani va boshqa xalqlari tillarida ham bir xilda aytilishi hamda kishi ongida tez saqlanishi osonligi sababli uni shu nom bilan atashga qaror qilishgan.

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

1999-2000-yillar orasida kompaniya o’tkazilgan tanlovda 25.000.000 AQSh dollari miqdoridagi investitsiyani yutib olishga erishgan bo’lishiga qaramay, iqtisodiy zarar bilan ishlashni davom ettirgan.

Shu orada kompaniya Xitoydan tovarlarni eksport qiluvchi korxonalar uchun AQSh davlatidan xaridorlarni izlab topish va ularni savdoga jalb qilish tizimini ishlab chiqgach, iqtisodiy inqiroz nihoyasiga etdi. 2002-yilning boshiga kelib kompaniyaning sof daromadi 1 (bir) AQSh dollarini tashkil qilgan va tez orada yashin tezligida daromad orttirish yuqorilashib ketgan.

2003-yildan boshlab Ma Yun bir qator “AliMama”, “AliPay” va “Taobao” kabi mashhur kompaniyalarni tashkil etishga asos soldi. “Taobao” kompaniyasi dunyoga yaxshi taniqli bo’lgan “eBay” kompaniyasining analogi sifatida yaratilgan bo’lib tez orada yuqori ko’rsatgichlarga va muvaffaqiyatlarga erishdi.

Tez orada “Taobao” kompaniyasi mislsiz tarzda ommalashib, taraqqiy etdi va 2006-yilga kelib u dunyo hamjamiyatida katta shahrat qozonishga erishdi. Buning natijasida shu paytga kelib “eBay” kompaniyasi Xitoy davlatidagi o’z vakolatxonasi faoliyatini tugatishga majbur bo’ladi.

Shundan so’ng “Taobao” kompaniyasining aktsiyalari soni va qiymatini o’sib borishi hamda kompaniyaning shuhrati dunyoga keng ommalashgani munosabati bilan “eBay” kompaniyasi o’z aktsiyalarini sotib olishni Ma Yunga taklif qiladi, lekin Ma Yun o’zi asos solgan kompaniyalarining faoliyatini nazorat qilishni afzal topib, bu taklifni qabul qilishdan voz kechadi.

Aliexpress — dunyodagi eng mashhur onlayn internet savdo portali

Bir vaqtning o’zida, Ma Yun tabiatni asrash bo’yicha faol kurashchi bo’libgina qolmay, 2009-yilda uning qaroriga asosan kompaniya o’z faoliyatidagi tijorat siyosatini qayta ko’rib chiqdi va barcha savdo shahobchalarida akulaning suzgich qanotidan tayyorlanadigan mahsulotlar bilan savdo qilishni taqiqladi.

Buning o’rniga Ma Yun Yahoo kompaniyasining asoschisi Djerri Yangani qo’llab-quvvatlashni afzal ko’rdi, negaki, u esa o’z vaqtida “Alibaba Group” kompaniyasining rivojlanishiga 1 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritdi. 2012-yilning yakuniga kelib “Alibaba Group” kompaniyasining aylanma mablag’i 1 trillion yuaneyni tashkil qildi.

2013-yilda Ma Yun kompaniyaning Prezidenti lavozimini topshirgan bo’lishiga qaramay, Direktorlar Kengashining Raisi sifatida boshqaruvning Oliy mansabini egallab kelmoqda. Kompaniyaning Prezidenti lavozimidan ketgach, Ma Yun Xitoy tabiatni himoya qilish Kengashining Raisi sifatida faoliyat yuritib keldi. Shu davrda u tabiatni asrash, havo va suvning tozaligini saqlash dasturlarini amalga oshirish uchun kompaniyaning sof daromadi hisobidan har yili 0,3% miqdorida mablag’ ajratish haqida qaror qabul qildi.

Ma Yun yoki Djek Ma janoblarining daromadlari

2014-yilning sentyabr oyida “Alibaba Group” Kompaniyasi o’z aktsiyalarini Nyu-York fond birjasiga sotuvga chiqarishi haqida e’lon qildi. Rasman tarzda e’lon qilingan ommaviy press-relizda qayd etilishicha, kompaniya 1 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etishga qaror qilgan.

Lekin, kompaniya IPO (ay-pi-o) (ingilizcha — Initial Public Offering) — (ruscha — первая публичная продажа) birinchi ommaviy savdoni amalga oshirish tarixida eng samarali deb e’tirof etilib, 25 milliard AQSh dollari miqdoridagi investitsiyani jalb etishga erishgan. O’sha davrda kompaniyaning kapital jamg’armasi bozor narxidan kelib chiqib baholanganda 231 milliard AQSh dollariga teng bo’lgan.

2015-yilning yakuniga kelib “Alibaba Group” Kompaniyasi tizimida faoliyat yurituvchi ishchi-xodimlarning soni 35.000 kishini, kompaniyaning kapital jamg’armasi 266 milliard AQSh dollarini, aylanma mablag’lari miqdori esa 76,2 milliard yuaneyni tashkil qilgan.

Shuningdek, 2015-yilning yakunida dunyoning 240 davlatlaridan kompaniyaning savdo-sotiq va xizmat ko’rsatish faoliyati bilan shug’ullanuvchi ro’yxatdan o’tgan foydalanuvchi mijozlarining soni 65 milliondan ortgan.

Kompaniya o’zining asosiy faoliyatini Xitoy xalq Respublikasi hududida amalga oshirsada, dunyo hamjamiyatining boshqa bir qator xalqaro bozorlarida ham bevosita faoliyat yuritib kelmoqda. 2012-yilda “Alibaba Group” Kompaniyasi Rossiya Federatsiyasining “Qiwi” kompaniyasi bilan o’zaro hamkorlik shartnomasi tuzish yo’li orqali ushbu davlat bozoriga ham kirib borishga erishdi.

Oradan bir yil o’tgach, “WebMoney Transfer” tizimiga ulandi, 2014-yilda esa “Yandex.Dengi” tizimi orqali Rossiyaning Sberbankini shu nom ostida faoliyat ko’rsatuvchi Internet hamyonlari va kassa terminallari orqali to’lovlarni amalga oshirish ishlarini yo’lga qo’ydi.

Xitoyning eng boy insoni Djek Ma nega baxtsiz?

Alibaba” kompaniyasining asoschisi bo’lgan Djek Ma “CNBC” kanaliga bergan intervyusida o’zining baxtli emasligini aytib o’tgan.

“Bu oy bosimlarning haddan ziyodligi uchun o’zimni baxtli his qilmayapman. O’zimni baxtli qilishga harakat qilyapman. Chunki men baxtsiz bo’lsam, mening hamkasblarim ham, aktsionerlarim ham, xaridorlarim ham o’zlarini baxtsiz his qilishadi”, — deydi Djek Ma.
“Insonlar boy bo’lish yaxshi deyishadi. To’g’ri, boy bo’lish yaxshi, lekin Xitoydagi eng badavlat odam bo’lish emas. Chunki sen boy bo’lsang, atrofingda ko’plab odamlar sening boyliging uchun yoningda bo’lishadi. Bu odamga og’ir botadi”, — deydi “Alibaba” bosh rahbari.

Shuningdek, hozirda Djek Ma o’z pullarini o’zi yaratgan jamiyat foydasiga ishlatishning turli yo’llarini izlayotganini aytib o’tgan.

Ushbu web-sayt ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, ulkan baxt, tinchlik va hotirijamlik hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo'lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o'rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o'z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag'oyat hursand bo'laman. Oldindan o'z minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Internetda pul ishlash sirlari. Ikkinchi qism.

Internetda pul ishlash sirlari. Ikkinchi qism.

Internetda pul ishlash sirlari. Ikkinchi qism. Don't act so surprised, Your Highness. You weren't on …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *