Последние новости
Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyoti-mini
Домой » ЯНГИЛИКЛАР » ЖАМИЯТ » Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyoti

Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyoti

QONUN USTUVORLIGI — JAMIYAT TARAQQIYOTINING MUHIM MEZONI

Asosiy maqsadimiz - Konstitutsiyamizdagi hayotbaxsh g‘oyalarni amalga samarali tatbiq etish Konstitutsiyamizning yigirma besh yilligiga bag‘ishlangan tantanali tadbirda Prezidentimiz Sh. Mirziyoyev tomonidan bayon etilgan dasturiy ma’ruza inson manfaatlarini himoya qilish, jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirishdek ezgu g‘oyalarga asoslangani bilan alohida ahamiyat kasb etdi.

Qonun ustuvorligi – jamiyat taraqqiyoti-1  

Ayniqsa, Asosiy Qonunimizda belgilangan “inson, uning hayoti, huquq va erkinliklari oliy qadriyat” mazmunidagi qoidani amalga tatbiq etishga jiddiy e’tibor qaratildi.

Ma’ruzada eng muhim masalalardan yana biri fuqarolarning “beayb aybdor bo‘lib qolishi” bilan bog‘liq salbiy illatga chek qo‘yishga oid tashabbuslardir.

Darhaqiqat, bir necha yillar mazkur salbiy amaliyot orqali ko‘plab insonlar boshqalar sodir etgan jinoyat uchun javobgar bo‘ldi, qarindoshlari aybi uchun ishga joylashishda, xizmat pog‘onalarida yuqorilashda to‘siqlarga uchradi.

Bizga ham mazkur masalada ko‘plab saylovchilarimiz murojaat qilar, to‘g‘risi, javob berishga qiynalar edik. Jinoyat kodeksida belgilangan “ayb uchun javobgarlik” printsipi amalda samarali ishlamas, bu jabrlanayotgan fuqarolar bilan birga bizni ham tashvishga solar, adolatli jamiyat barpo etish yo‘lida, afsuski, shunday to‘siqlar ham mavjud edi.

Prezidentimiz tomonidan bunday salbiy illatni bartaraf etish borasida ilgari surilgan tashabbus inson huquq va erkinligini ta’minlash, jamiyatda ijtimoiy adolatni qaror toptirish yo‘lidagi dadil qadamdir.

Yana bir muhim tashabbus, Xalq qabulxonalari negizida Tezkor davlat xizmatlari agentligini tashkil etish bilan bog‘liq. Buning zamirida ham Konstitutsiyamizda belgilangan bosh ezgu g‘oya - insonlar uchun qulaylik yaratish, ularning farovonligini ta’minlash maqsadi mujassam.

Mazkur yangi institut kelgusida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq masalalarda muhim tashkiliy tuzilma vazifasini o‘tashi, shubhasiz. Ya’ni u joylardagi davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan ko‘rsatiladigan turli xizmatlarni muvofiqlashtirish orqali aholiga yanada qulaylik yaratadi.

Kelgusi yillarda ham parlament, vakillik, jamoatchilik nazoratini kuchaytirib boorish bilan bog‘liq fikrlar ham qimmatlidir. Haqiqatdan ham mazkur institutlar huquqiy demokratik davlat va adolatli jamiyat barpo etishning bosh mezoni hisoblanadi.

Ular faoliyatini samarali tashkil etish orqali jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlashga erishamiz. Birgina parlamentning davlat boshqaruvidagi roli ortishi, turli ijro hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslari faoliyati qonuniy va samarali tashkil etilishiga, o‘z zimmasiga yuklatilgan vazifalar ijrosiga nisbatan mas’uliyat yanada ortishiga, aholini tashvishga solayotgan muammolar tezkor hal etilishiga xizmat qiladi.

Zero, qonun ustuvorligi - jamiyat taraqqiyotining muhim mezonidir. Shuningdek, tadbirda kelgusi yilda ham mamlakatimizda ijtimoiy sohaga, xususan, sog‘liqni saqlash va ta’lim sohalariga e’tibor yanada kuchayib, bu yo‘nalishlarda ham keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirish belgilandi.

Bu biz uchun partiyamiz dasturiy maqsadlarini amalga oshirish, elektorat manfaatlarini himoya qilishda yangi imkoniyatlarni yaratadi.

Umuman, mazkur ma’ruzada ilgari surilgan fikrlar, mohiyatiga ko‘ra “fuqarolar davlat organlariga emas, balki davlat organlari fuqarolarga xizmat qilishi lozim” degan g‘oyaning bundan buyen ham faoliyatimiz asosiy yo‘nalishi bo‘lib qolishini ta’minlash, Konstitutsiyadagi inson huquqlariga yo‘g‘rilgan qoidalar hayotga tatbiq qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuhrat Yakubov, Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zbekiston “Adolat” SDP fraksiyasi a’zosi.

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Эй, “номер”инг ўтмади, ука, ўхшамади!

АПРЕЛИ ҚУРИБ КЕТСИН! Эй, “номер”инг ўтмади, ука, ўхшамади! Ойларнинг яхши-ёмони бўлмайди-ю, аммо апрель дейишса ғижиниб …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *