Последние новости
Домой » ЯНГИЛИКЛАР » МАДАНИЯТ » Zahriddin Muhamad Bobur – Yangi yozuv kashfiyotchisi

Zahriddin Muhamad Bobur – Yangi yozuv kashfiyotchisi

Zahiriddin Muhammad Bobur  buyuk shoh, mahoratli sarkarda, mumtoz shoir, nazariyotchi adabiyotshunos, qonunshunos, tilshunos, san’atshunos, etnograf, hayvonot va nabotot olamining bilimdoni kabi ko‘pqirrali faoliyat va ijod sohibidir. Bobur keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos solib, bu mamlakat tarixida davlat arbobi sifatida nomi qolgan bo‘lsa, o‘zbek tilida yozilgan “Boburnoma” asari bilan jahonning mashhur tarixnavis olimlari qatoridan ham joy oldi. Boburning mazkur asari uning tilga munosabatining yaqqol ifodasidir.

Aynan Boburning mazkur shox asarida o‘zbek tilining leksik va lingvistik xususiyatlari jamlangan. Asar tilining o‘ziga xosligi, voqelikni imkon qadar aniq, lo‘nda, ta’sirchan ifoda etishda yozma nutq mahorati alohida diqqatga sazovordir. Bobur voqelikni ifoda etishda leksik birliklardan mahorat bilan foydalangan: devon kuni (o‘tgan kun), tuno-kun (tunu kun), oxirzamon (xukmronligining keyingi davrlari), ilgida xamir bo‘lmoq (mute bo‘lmoq) oriyati quyulmoq (vaqtincha tayinlanmoq), shunqor bo‘lmoq (o‘lmoq) bevosita Bobur uslubiga xosdir. Bobur turkiy so‘zlar asosida o‘zi bir qator  terminlarni yasagan.

Masalan dushman qismini yorib hujum qiladigan qo‘shinlarining qismini yorqunchi deb atagan. Bobur shuningdek imlo masalalariga, ayniqsa, arabcha so‘zlar imlosiga alohida e’tibor bergani ma’lum. Uning so‘z imlosiga munosabati o‘g‘li Xumoyunga yozgan maktubida namoyon bo‘ladi. Unda Bobur muallif ism imlosi va ma’nosiga e’tiborli bo‘lish, ota-onaning o‘z farzandiga muvofiq ism berish farzi haqida, imlo masalalari, xusnihat va uning ahamiyati, til va tafakkur bog‘liqligiga to‘xtaladi.

U o‘g‘lining xatiga oid tanbehlar berib, xatosiz yozishga undaydi: “Bundan nari betakalluf va ravshan va pok alfoz bila biti. Ham sanga tashvish ozroq bo‘lur ham o‘qug‘uchig‘a”. Fikrni nutq imkoniyatlari orqali mukammal egallagan Bobur buni o‘g‘lidan ham talab etgan.

Bobur o‘z asarida biror bir hududni tasvirlar ekan yerli xalqning lahjasini kuzatadi: “Andijon eli turkdur. Shahri va bozriysida turk tilini bilmas kishi yo‘qdur. Elining lafzi qalam birla rostdur. Ani uchunkim Mir Alisher Navoiyning musannafoti bovujudkim, Xaridi nash’u namo topibdur, bu til biladur”.

“Boburnoma” da boshqa xalqlarning urf-odatlarini aks ettiruvchi so‘zlar ham bor. U hijriy 925 yildagi voqealarni tasvirlar ekan shunday deb yozadi:  “O‘sha yerda yilqiron oshi torttiruldi” (Bunda yilqironoshi dastavval vabo kasalliklar tarqalganidan so‘ng  ofatdan saqlashni duo qilish marosimiga aytilgan va Bobur bu so‘zni aynan shu ma’noda qo‘llagan).

Tilshunoslar “Boburnoma” da so‘zlarning kelib chiqishi, qiyosiy tilshunoslikka oir mulohazalarni, mutafakkirning so‘zlarni semantik guruhlarga ajratib foydalanganligini, leksik birlik ma’nosining daraja ko‘rinishlarini mahorat bilan qo‘llaganini ko‘plab tadqiqotlarda ko‘rsatib o‘tishgan. Bularning barchasi Bobur ijodining o‘zbek adabiy tili taraqqiyotidagi o‘rni beqiyos ekanligini ko‘rsatadi.

Bobur nafaqat tilshunos, balki yangi yozuv asoschisi hamdir.  Inson madaniyati tarixida yozuvlarning ahamiyati ulkandir. Aynan Urxun-Yenisey bitiklaridan tortib bugungi kungacha qo‘llanilgan yozuvlar tarix zarvaraqalariga nazar tashlash imkonini beradi. Turkiy xalqlar ham ko‘plab yozuvlardan, chunonchi, turk-runiy, arab, uyg‘ur yozuvlaridan foydalanishgan.  Bobur yoshligidanoq arab yozuvida savod chiqargan bo‘lsada hayotining oxirigacha ushbu yozuvda ikki-uch tilda matn bitgan, ijod qilgan.

U bu yozuvning ifoda imkoniyatlari, shakl va qo‘llanish xususiyatlari, yutuq va kamchiliklarini yaxshi bilgan. Shuning uchun ham u arab yozuvini yanada soddalashtirish, undagi so‘zni har xil o‘qish nuqsonlarini bartaraf etish maqsadida 1504 yilda o‘zining yangi yozuvini - “Xatti Boburiy” (“Bobur yozuvi”) ni kashf etadi. 1446 yilda “Boburnoma” ga bu haqda quyidagilarni yozib qoldirgan: “Ushbu mahallarda boburiy xatini ixtiro’ qildim”.  Alifbo 29 ta harfdan iborat bo‘lib,  u Xurosonga tashrif buyurganida hirotlik mashhur ulamolardan Qozi Ixtiyor va Muhammad Miryusuf undan “Xatti boburiy” alifbosini o‘rganishgan.

Bobur Hindistonni zabt etganidan so‘ng, o‘g‘illari -Qandahorda turgan Kamron va Badaxshonda qo‘shini bilan turgan Hindolga ham “Xatti boburiy” alifbosida maktub  yo‘llaydi. Uning bu harakati avvalo qo‘l ostidagi aholisining savodini osonroq chiqarish maqsadida  amalga oshirilgan bo‘lsa, ikkinchidan o‘qish va yozishni qulaylashtirishga intilishi tufayli edi. Albatta O‘rta asrlarda mavjud yozuvni yangilash yoki yangi xatni joriy etishga urinish juda ham qiyin bo‘lib, arab alifbosida “Qur’on” yozilgan edi.

Bunga tish-tirnog‘i bilan qarshi turgan din peshvolari shohni xattoki kofirlikda ayblashgan. Shuning uchun ham Bobur  yangi yozuvni amaliyotga joriy qilish  niyatida avvalo Qur’oni karimdan ikki nusxa tayyorlab, birini Makkaga, ikkinchisini Tehronga jo‘natadi. Bu o‘z davri uchun katta madaniy-ma’rifiy jasorat edi.

“Xatti boburiy”da ko‘chirtirilgan Qur’oni karimning bir nusxasi bugungi kunda  Mashhad shahridagi Imom Rizo yodgorlik majmuasi kitob fondida saqlanadi.. Uning nusxasi Xalqaro bobur fondining rahbari Zokirjon Mashrabov tomonidan 2005 yilda O‘zbekistonga olib kelinib, “Bobur va jahon madaniyati” muzeyiga topshirilgan.

 

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Бугунги эстрада санъати қандай?

БУГУНГИ  ЭСТРАДА САНЪАТИ  тарбия воситасими ёки... Улуғ алломаларимиз мусиқанинг инсон тарбияси, маънавиятига таъсири ҳақида жуда …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *