Ultimate magazine theme for WordPress.

MARKAZIY OSIYOGA CHIGIRTKALARNING ULKAN GALASI KIRIB KELMOQDA

63

Ekspertlar Markaziy Osiyoda 20 yil ichida, eng katta chigirtkalar hujumi oqimini kirib kelishini kuzatishmoqda.

2018 yilda Yaman, Ummon, Saudiya Arabistoni, BAA, Quveyt, Iroq, Eron, Pokiston, Afg‘oniston va Hindiston kabi davlatlariga chigirtkalarning ulkan galasi yopirilgandi.

Endilikda Markaziy Osiyoda chigirtkalar uchun talab darajasidagi sharoitni vujudga kelgani sabab bu ofat Turkmaniston, Tojikiston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga ham tahdid qilmoqda.

O‘tgan hafta O‘zbekiston FVV ham Qozog‘iston, Qiriziston va Turkamaniston bilan hamkorlikda bu ofatga qarshi qo‘shma choralar ko‘rib chiqilayotgani haqida xabar qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, Qozog‘iston davlati chigirtkilarga qarshi kurash uchun 2,5 million dollar ajratgan.

Bundan tashqari, mintaqa davlatlari chigirtkalar bilan kurashda kimyoviy moddalar zaxiralarini ko‘paytirishni boshlagan.

Chigirtkalarga qarshi kimyoviy moddalardan ekinzorlarda sabzavotlarni himoya qilish uchun foydalaniladi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasi sabab kelib chiqqan oziq-ovqat tanqisligi muammolari bilan bir vaqtda chigirtkalar yopirilishi og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligi esa mintaqada yangi muammolarni keltirib chiqaradi.