Ultimate magazine theme for WordPress.

O‘ZBEKISTON-QIRG‘IZISTON CHEGARASIDA MOJARO KELIB CHIQDI

54

Kecha – 31 may kuni O‘zbekiston-Qirg‘iziston chegarasida joylashgan Chashma bulog‘i yaqinida ikki mamlakat fuqarolari o‘rtasida mojaro yuzaga keldi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Qirg‘izistonning Botken viloyatiga tutash bo‘lgan Farg‘ona viloyati tarkibidagi So‘x tumanida joylashgan Chashma qishlog‘ida suv uchun katta janjal ro‘y bergan. Ikki qishloq aholisi ushbu buloq o‘zlariga tegishli ekanini da’vo qila boshlashgan.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston-chegarasida-mojaro-kelib-chiqdi-2

Internetda tarqalgan videoroliklarda tomonlar bir-birini toshbo‘ron qilgani, chegara simto‘siqlarini ko‘chirib olishga uringanini ko‘rish mumkin.

Qayd etilishicha, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun O‘zbekiston va Qirg‘iziston mahalliy ma’muriyatlarining mas’ul rahbarlari voqea joyida uchrashgan.

Shuningdek, Qirg‘iziston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Kubatbek Boronov Botken viloyatiga tashrif buyurdi. Ma’lumotlarda aniqlik kiritilishicha, Boronov Kubatbek Botken viloyatining Qadamjoy tumaniga yetib borgan. U O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazishi va o‘zaro ikki mamlakatning chegaradosh qishloqlari aholisi o‘rtasida ro‘y bergan mojaroni muhokama qilishlari belgilangan.

Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida chegarada yuz bergan voqea natijasida 25 kishi jarohat olgan, ular Aydarken shahridagi Umumiy amaliyot markaziga yotqizilgan. Bu haqda Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston-chegarasida-mojaro-kelib-chiqdi-3

«Qirg‘iziston Sog‘liqni saqlash vazirligi Qirg‘iziston va O‘zbekiston fuqarolari o‘rtasida yuz bergan hodisa natijasida jabrlanganlar to‘g‘risida shuni ma’lum qiladiki, Aydarken shahridagi Umumiy tibbiy amaliyot markaziga jami 25 nafar kishi yotqizildi. Hozirda turli xil tan jarohatlari olgan to‘rt nafar fuqaro shifoxonada qolmoqda», – deyiladi xabarda.

Ikki kishi reanimatsiyada, ular operatsiyadan keyingi ahvoli shifokorlar tomonidan og‘ir deb baholanmoqda. Ikki kishi jarrohlik bo‘limiga yotqizilgan, ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Qolgan 21 kishi birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng qoniqarli holatda ambulator davolashga yuborildi.

«Hozirda vaziyat to‘liq nazoratga olingan. Mojaroning sabab va oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rilmoqda», — deyiladi O‘zbekiston DXX Chegara qo‘shinlari axborotida.

O‘zbekiston-Qirg‘iziston-chegarasida-mojaro-kelib-chiqdi-4

Qirg‘izistonning Qadamjoy tumani Chechme qishlog‘i va O‘zbekistonning So‘x tumani Chashma qishlog‘i aholisi o‘rtasidagi ziddiyat 31 may kuni soat 12:30 atrofida kelib chiqqan.

«Hammasi ikki qishloq aholisi (chechmeliklar ham, chashmaliklar ham) birgalikda Chechme qishlog‘idagi buloqni tozalayotgan vaqtda yuz bergan. Buloq davlatlardan biriga tegishli ekani haqidagi da’volardan tortishuv yuz bergan, so‘ng bu nizoga aylanib ketgan», — deyiladi axborotda.

Ayrim xabarlarga ko‘ra bu mojaro va to‘qnashuvlar natijasida har ikki tomondan o‘nlab nafar fuqarolar turli ko‘rinishdagi tan jarohatlari olishgan.