Последние новости
Texnoparlklarni yaratish xususiyatlari
Домой » ЯНГИЛИКЛАР » ТЕХНОЛОГИЯ » Texnoparlklarni yaratish xususiyatlari

Texnoparlklarni yaratish xususiyatlari

TEXNOPARKLARNI YARATISH VA RIVOJLANTIRISHDA CHET EL MAMLAKATLARI TAJRIBASI

 

Birinchi texnopark AQSHda, o‘z-o‘zidan yetarlicha tasodifan tarzda paydo bo‘ldi. Ikkinchi jahon urushidan so‘ng, AQSh G‘arbiy soxilidagi, Kaliforniyadagi qator korxonalar, elektron moslamalarga ega bo‘lgan yangi mahsulot turlarini ishlab chiqarishga hukumat buyurtmalarini olishdi. AQSH qonunlariga binoan, universitetlar va institutlar rivojlanishiga kiritilgan foydaning qismi xayr-ehson deb hisoblanadi va deyarli soliqqa tortilmaydi.

Yangi buyurtmalarning o‘ziga xosligini e’tiborga olgan holda, Kaliforniyalik ishbilarmonlar mablag‘larning katta qismini Kaliforniya universiteti va boshqa oliygohlarga berishdi. Bunda ushbu o‘quv yurtlarida olib boriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining mavzulari va yo‘nalishi oldindan kelishib olingan edi.

Ishlarning hajmi shu qadar katta ediki, o‘quv yurtlari shahar chekkasida yangi laboratoriyalar ochishga majbur bo‘lishdi. Ayniqsa San-Frantsisko yaqinidagi Silikon-Velli (Kremniy vodiysi) bu borada hammadan ilgarilab ketdi. Bu yerda San-Frantsisko gubernatorining bevosita ishtirokida dunyoda birinchi ilmiy shaharcha paydo bo‘ldi, keyinchalik u XX asrning ramziga aylandi.

Silikon-Vellida shunday tuman paydo bo‘ldiki, unda faoliyatning asosiy turi ilmiy faoliyat edi. Bu yerda hayotning yangi uslubi, qolaversa yangi sifat darajasi paydo bo‘ldi. Bugungi kunda u jahon elektron sanoatining markazi hisoblanadi.

AQSH yirik “ilmiy park”laridan biri – Stenford ilmiy parki. U universitet bilan hamkorlikda bo‘lgan “yuqori texnologik” kompaniyalarga 51 yilga ijaraga beriladigan erlarda joylashgan. Tadqiqotchi mutaxassislarning ko‘pchiligi universitetda o‘qituvchilik ham qilishadi. 1981 yilda park to‘la deb e’lon qilindi – 80 kompaniya va 26 ming band ishchi ham bor edi. Kompaniyalar ichida – AQSH geologik xizmatining uchta bosh muassasasi, elektronika gigantlari (IBM, Hewlett Packard), aerokosmik (“Локхид”), kimyo va biotexnologik kompaniyalaridir.

Illinoys Texnologik Instituti Markazi, yiliga 68 mln. dollarlik budjetga ega bo‘lgan xususiy tadqiqot markazi - “Tadqiqot parki”ga tipik misol bo‘la oladi, uning hududida sanoat kompaniyalarining korxona va laboratoriyalari emas, sanoat bilan bog‘liq bo‘lgan, notijorat xarakterga ega tadqiqot institutlari joylashgan.

Texnopolislarni barpo etish dasturlari

 

AQSHda, Silikon-Vellidan tashqari, Shimoliy Karolina, Texas, Florida, Kolumbiya okrugi, Shimoliy-sharqda, O‘rta G‘arbda texnoparklar paydo bo‘ldi. Shuningdek Yevropada ham texnoparklar paydo bo‘ldi, xususan: Luven Belgiyada, Sofiya va Grenobl antipolislari Fransiyada, Silikon Glen Shotlandiyada, Milton Keyns va Kembridj Angliyada, Shtutgart va Myunxendagi texnoparklar va h.

Texnopolislar qurilishi Janubiy-Sharqiy Osiyoga ham tarqalgan. Janubiy Koreya Dayeduk fan shahrini barpo etmoqda, Xitoy esa Gonkong yaqinida Shenjen va Guandun texnopolislarini ko‘tarish ishlari olib bormoqda.

Texnopolislarni barpo etish dasturlari Tailandda, Indoneziyada, Filippinda, Malayziyada amalga oshirilmoqda. Yaponiya va Avstraliya texnik megapolislarga aylanmoqda. Tadqiqot parkining “ideal” turi sifatida Shotlandiyadagi Xerriot-Uott “ilmiy parkini” misol sifatida keltirish mumkin. Bu ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish ruxsat etilgan va ommaviy ishlab chiqarishga ruxsat berilmagan Yevropadagi yagona “ilmiy park”dir.

80-yillarning boshidan G‘arbiy Yevropa mamlakatlarida texnoparklarning ushbu mamlakatlar uchun yangi bo‘lgan turi – amerikalik “inkubatorlarga” o‘xshagan, “yuqori texnologik” korxonalar uchun mo‘ljallangan innovatsiyaviy markazlar keng tarqala boshladi. Ularning vazifasi – yangi kompaniyalarga “boshlang‘ich davr”ni ta’minlash maqsadida, g‘oya va kashfiyotlarni kapital va ishbilarmonlar bilan birlashtirish, jamoat va xususiy jamg‘armalarni jalb qilishdan iborat.

Innovatsiyaviy markazlarning funksiyalari innovatsiyaviy jarayonning turli bosqichlarini, ayniqsa sinov ishlab chiqarishdan yangi mahsulotni tijorat miqyosida ishlab chiqarishga o‘tishni rag‘batlantirishni, qamrab oladi. Buning uchun har doim ham yangi kompaniya yaratish shart emas. Ko‘pgina hollarda innovatsiyaviy markazlar mavjud ishlab chiqaruvchilarga tadqiqotchi-ishbilarmonlar tomonidan yaratilgan yangi mahsulot litsenziyasini sotishga ham yordam beradi.

Innovatsiyaviy markazlarning funksiyalari

 

Qator innovatsiyaviy markazlar mahalliy hukumat qaramog‘ida, yiriklari esa, bazasi Bryusselda joylashgan Yevropa tarmog‘iga kiradi. Ushbu tarmoq 40 ga yaqin innovatsiyaviy markazlarni o‘zida birlashtiradi. Turli mamlakatlar innovatsiyaviy markazlarini bog‘lagan holda, Yevropa tarmog‘i texnologiyalarning mamlakatlararo savdosini osonlashtiradi.

“Ilmiy park”larning yapon modeli, amerikalik modeldan farqli tarzda, umuman yangi shaharlar – “texnopolis”larni barpo etishni nazarda tutadi. Yetakchi va yangi tarmoqlardagi ilmiy tadqiqotlar aynan texnopolislarda mujassamlanadi. Texnopolislarni yaratish loyihasi – 1982 yilda amalga oshirishga qabul qilingan.

“Texnopolis”larni yaratish uchun, to‘rtta orolda tekis taqsimlangan 19 ta hudud tanlab olingan. Barcha “texnopolislar” quyidagi mezonlarga javob berishi lozim: aholisi 200 mingdan kam bo‘lmagan shahardan, uzog‘i bilan 30 daqiqada yetib boriladigan va Tokio, Nagoi yoki Osakadan 1 kun davomida yetib boriladigan joyda joylashishi;

  • 500 kvadrat milyaga teng yoki undan kichik maydonni egallashi;
  • zamonaviy ilmiy-sanoat majmualariga, universitet va tadqiqot institutlariga,
  • madaniy va dam olish infratuzilmasiga ega bo‘lgan istiqomat hududlariga ega bo‘lishi;
  • mahalliy an’analar va iqlim sharoitlari bilan uyg‘unlashishi.

Tokiodan 35 milya uzoqlikda Sukuba “miyalar shahri” joylashgan bo‘lib, unda 50 ta davlat tadqiqot institutida va 2 ta universitetda ishlaydigan 11500 ta kishi istiqomat qiladi. Yaponiyaning 98 ta yetakchi davlat tadqiqot laboratoriyalarining 30 tasi aynan Sukubada joylashgan va bu shaharchani dunyoning eng yirik ilmiy markazlaridan biriga aylantirgan.

“Texnopolis”larning asosiy maqsadi – ilmiy kashfiyot natijalarini tijoratlashtirish bo‘lsa, Sukuba – fundamental tadqiqotlar markazi va undagi xususiy sektorning roli katta emas. “Texnopolis”larning qurilishi mintaqaviy darajada – mahalliy soliqlar va korporatsiyalar badallari hisobiga moliyalashtiriladi. Sukubaga o‘xshash “ilmiy shaharcha”larni barpo etish, qator “texnopolis”larning (Xirosima, Ube, Kagosima) “yadro”si hisoblanadi. Ayrimlari mahalliy universitetlarning ilmiy va muhandislik fakultetlarini kengaytirish bilan qoniqadi.

“Texnopolis”larning asosiy maqsadi

 

“Texnopolis”larning ko‘pchiligi “chegaraviy texnologiya” markazlarini yaratadi – qo‘shma tadqiqotlar va venchur biznes inkubatorlari. Agarda AQSHda yaqin o‘tmishgacha texnopolislar tasodifiy ravishda paydo bo‘lgan bo‘lsa, Yaponiyada ular davlatning strategik maqsadi sifatida shakllana boshlagan va aniq davlat rejalariga muvofiq rivojlangan.

Aynan yaponiyaliklar birinchi bo‘lib texnopolislarda kelajak jamiyat modelini ko‘rgan va uning shakllanishini davlat vazifasi darajasigacha ko‘targan. Ammo, bu barcha texnopolislar davlat tomonidan moliyalashtiriladi degani emas. Yaponiyada texnopolislarni moliyalashtirishning asosiy manbalari quyidagilardan iborat: 30% - davlat, 30% - shahar hokimligi, 30% - korxona va xususiy shaxslar, 10% - chet ellik investorlar.

Sukube birinchi yapon texnopolisi edi. Keyinchalik Yaponiyada faqatgina ilmiy yo‘nalishga ega bo‘lgan yangi shaharlar barpo etilmadi. Hozirgi kunda Yaponiyadagi texnopolislar yirik (masalan 500 mingdan ko‘p aholiga ega Xamamatsu), o‘rta (260 mingdan ko‘p aholiga ega Nagaoka) va kichik (bir nechta qishloqlar asosida paydo bo‘lgan Yamaguti) shaharlarga aylangan.

Yaponiyalik texnopolislar nafaqat ilmiy, balki ishlab chiqarish yo‘nalishiga ham ega. Texnopolislarning ko‘pchiligi (masalan, Xamamatsu) an’anaviy tarmoqlarning markazlarida paydo bo‘ladi, misol uchun avtomobil sanoati markazida. Yaponiyada texnopolislar quyidagi sxema bo‘yicha yaratilgan Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi (TSSV) texnopolis yaratishga tanlov e’lon qilgan. Texnopolislarda ilmiy va ishlab chiqarish faoliyatining qaysi turlarini rivojlantirish lozimligi tanlov shartlarida aytib o‘tilgan.

Rag‘batlantirish maqsadida imtiyozli soliq tizimi va qisman moliyalashtirish shartlari taqdim etilgan. Katta va kichik shaharlarning hokimliklari tanlovda ishtirok etishgan. Ular o‘z universitetlari va texnika institutlari olimlariga texnopolislarning loyihalarini ishlab chiqish bilan murojaat qilishgan. Natijada 16 ta shahar hokimliklari g‘olib deb topilgan va ularda 1985-1995 yillar mobaynida 19 texnopolis yaratilgan. Qurilish ishlari yakunlangandan so‘ng Yaponiya dunyodagi eng samarali iqtisodiyot, eng yuqori hayot darajasi, hamda uyg‘un rivojlangan maishiy va madaniy infratuzilmaga ega ilmiy megapolisga aylandi.

Texnopolislarning iqtisodiy asosi

 

Xamamatsu texnopolisining g‘oyaviy rahbarlari fikricha “Texnopolislar – bu joy emas, bu aql holatidir”. Yaponiyada texnopolislarni shakllantirish uchun joy tanlashda, 1983 yilda Yaponiya parlamenti tomonidan qabul qilingan Texnopolislar to‘g‘risidagi Qonunga rioya qilinadi. Davlat talablari, davlat manfaatlari va soliq imtiyozlari aynan ushbu qonun tomonidan belgilanadi.

Texnopolislarning iqtisodiy asosi bo‘lib, davlat, shahar hokimligi, korxonalar va xususiy shaxslar tomonidan innvoatsiyaviy banklar bilan birgalikda yaratilagidan aksiyadorlik jamiyatlari xizmat qiladi. Provinsiyalar gubernatorlari texnopolislarni shakllantirish uchun maxsus boshqarmalarni yaratadi. Ularning vazifasi texnopolislar yaratish jarayonida ilmiy tashkilotlar, korxonalar, sanoat assotsiatsiyalari ishtirokini muvofiqlashtirishdan iborat.

Sanoat korxonalari esa o‘z tarkibida tadqiqot markazalarini ochadi, texnopolis boshqaruviga o‘z vakillarini taqdim etadi. Texnopolislar o‘z Nizomlariga muvofiq, davlat subsidiyalari va kreditlarini hisobga olgan holda xo‘jalik hisobi asosida faoliyat yuritadi. Yaponiyada texnopolislarni yaratish uchun kreditlar eng kichik foiz stavkasiga ega – 7-8%, boshqa kreditlar uchun bu ko‘rsatkich 20-30% ni tashkil etadi.

Texnopolisning tashkiliy shakllanishi, mahalliy hokimiyat organlari tomonidan texnopolisni rejalashtirish bo‘yicha direktorni tayinlashdan boshlanadi. Uning asosiy vazifasi texnopolis strategiyasini ishlab chiqish va texnopolis boshqaruvini yaratishdan iborat.

Texnopolis g‘oyasining strategik donoligi

 

Odatda, u mahalliy universitetning yetakchi olimlari qatoridan tayinlanadi. Shuningdek boshqaruv tarkibiga texnopolis innovatsiyaviy banki direktori, kadrlarni tayyorlash bo‘yicha markaz rahbari, yurist, ayrim dasturlar rahbarlari, yirik homiylarning vakillari kiradi. Texnopolisga kiritilgan barcha loyihalar vetikal-xo‘jalik boshqaruviga va dasturiy-maqsadli boshqaruv, rejalashtirish va loyihalashtirish tamoyillariga asoslangan bo‘ladi.

Mohiyatan, texnopolislar – bu tasodifiy emas, balki eng samarali texnologiyalar yig‘indisidir. Texnopolis g‘oyasining strategik donoligi ham shundan iborat. Ilmiy asoslash va maqsadlarni tanlash, vazifalar va ularni amalga oshirish bosqichlari va zarur mablag‘larni aniqlash texnopolislar strategiyasi va taktikasi asosini tashkil etadigan bo‘lsa, dasturiy-maqsadli boshqaruv, rejalashtirish va loyihalashtirish texnopolislar shakllanishi va faoliyat yuritishi texnologiyasini tashkil etadi.

Rossiyada texnoparklar shakllanishining birinchi bosqichi 1980 yillar oxiri 1990 yillar boshida boshlandi. Ularning katta qismi oliy maktablarda tashkil etildi. Ushbu texnoparklar rivojlangan infratuzilma, ko‘chmas mulk, tayyorlangan menejerlar jamoasiga ega bo‘lmagan. Ular, odatda, oliy o‘quv yurtlarining bir bo‘limi sifatida faoliyat yuritgan. Ayrim hollardagina texnoparklar YOAJ shaklida tashkil etilgan va bu ularga ba’zi tashkilotdan nisbatan mustaqil bo‘lish imkonini bergan.

Rossiyadagi texnoparklarning ko‘pchiligi, inkubator emas, balki texnopolis ichidagi korxonalarni agressiv tashqi muhitdan himoyalovchi maydon funksiyasini bajaradi. Kichik korxonalarning texnoparklarda bo‘lishi muddati bugungi kunda 10 yilni tashkil etadi (xalqaro standartlarda bu ko‘rsatkich 2-3 yilga teng). Rossiya Federatsiyasidagi birinchi texnopark 1990 yilda yaratilgan – “Tomsk ilmiy-texnologik parki”. Keyinchalik ularning tashkil etilishi tezlashgan: 1990 yilda – 2 texnopark, 1991 yilda - 8, 1992 yilda - 24, 1993 yilda – 43. Bugungi kunga kelib 80 ga yaqin texnoparklar faoliyat yuritmoqda va ularning ko‘pchiligi oliy o‘quv yurtlari qoshida tashkil etilgan.

Texnoparlklarni yaratishda chet el tajribasi

 

Texnoparklarni yaratish borasidagi chet el mamlakatlari tajribasini o‘rganib chiqqan holda, quyidagi xulosaga kelish mumkin, Toshkent – Markaziy Osiyoning asosiy ilmiy va ta’lim markazlaridan biridir. Shahar tadqiqotlar va ilmiy ishlanmalar sohasida kuchli potensialga ega, bu yerda ilmiy faoliyat uchun barcha zarur bo‘lgan infratuzilma mavjud – oliy o‘quv yurtlari, laboratoriyalar, konstruktorlik byurolari va h. Iqtidorli yoshlar ham kam emas. Xullas, texnoparklar va o‘ziga xos texnik-sinov iqtisodiy hududi uchun barcha sharoitlar mavjud.

Oliy o‘quv yurtlari – bu yangi g‘oyalarga ega bo‘lgan, o‘qimishli insonlarni yetkazib beruvchilardir. Shuningdek ular innovatsiyaviy g‘oyalar hayotga tadbiq etilishi va yangi mahsulotlar yaratilishi mumkin bo‘lgan joy hamdir. Oliy o‘quv yurtlari va ilmiy ishlab chiqarish korxonalari integratsiyasi asosida, buning uchun to‘liq baza yaratiladi.

Jahon standartlariga mos texnoparkni tashkil etish uchun, bir nechta shartlarga rioya qilinishi lozim: mahalliy hokimiyat organlarining qarori, albatta universitet, hamda loyihani moliyalashtirish imkoniyatiga ega yaratuvchi kompaniya mavjudligi. Biz innovatsiyaviy tuzilmalar rivojlanishidan manfaatdormiz. G‘arbiy mamlakatlardan farqli ravishda, bizning shahrimizda bitta emas, balki bir nechta oliy o‘quv yurtlari mavjud.

Texnopark (IT-park) – bu nafaqat uy-joy va biznes-markzalar qurilishi, bu ilmiy texnologiyalar sohasida yuqori malakali kadrlarni – texnik mutaxassislar, rahbarlar, menejerlarni tayyorlash hamdir. Shuningdek, yosh kompaniyalarga yordam beradigan kichik jamg‘armalar va faoliyat yuritayotgan korxonalar rivojlanishini qo‘llab-quvvatlaydigan yirikroq jamg‘armalar zarur.

TOSHDAU universitetning tuzilmaviy bo‘limi bo‘lmish Innovatsiyaviy-texnologik markazni, IT-parkning bir qismi sifatida ishlatish uchun taklif etishga tayyor. Universitet IT sohasida va iste’dodli talabalarni izlash, hamda kompaniyalar rahbarlarini tayyorlashda yetarlicha ish tajribasiga ega. Agarda universitet texnoparklariga yirik investor kompaniyalar keladigan bo‘lsa, universitet ham, kompaniyalar ham yanada intensiv tarzda rivojlanadi. Natijada IT-tarmog‘i davlatga foyda keltira boshlaydi.

Har bir oliy o‘quv yurti o‘zining texnoparkiga ega bo‘lishi lozim, chunki bu yerda, davlat, tarmoq va mintaqaviy yordam bilan g‘oyalar biznesga aylanadi. Yosh mutaxassisga ish berishning o‘zi bilan kifoyalanmaslik, balki uni o‘z g‘oyalarini pulga aylantirishga o‘rgatish lozim. Texnopark ixtisoslashtirilgan kengashi esa, qiziqarli g‘oyalarni tanlab oladi va ularni patentlarga aylantiradi. Foyda esa muayyan ulushda kashfiyotchi va texnopark o‘rtasida taqsimlanadi.

Texnopark – innovatsiyaviy mahsulotlar yaratadigan –  “biznes-inkubator”

 

Chunki aynan ushbu “miya markazi” mutaxassisni moliyalashtiradi. Oliy o‘quv yurtlari salohiyatini ochishga ixtisoslashtirilgan tanlovlar yordam berishi mumkin. Texnopark yaratish IT-kompaniyalarga axborot, yuridik, iqtisodiy ko‘makni ta’minlash, joriy xarajatlarni qisqartirish, mavjud logistik zanjirlarni soddalashtirish va faoliyatni avtomatizatsiyalashtirish imkonini beradi. Tabiiyki, texnopark mavjud infratuzilma bilan uzluksiz aloqada yaratiladi va uning asosiy vazifalaridan biri bo‘lib ushbu infratuzilmani barcha uchun ochib berishdan iborat.

Texnopark – innovatsiyaviy mahsulotlar yaratiladigan – g‘oyadan tortib ishlab chiqarishgacha – “biznes-inkubator” bo‘ladi. Biznes va ilmiy-tadqiqot institutlari alyansi raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkoniyatini beradi, fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ olib keladi.

Ilmiy-tadqiqot institutlari va biznesning o‘zaro alyansi raqobatdosh mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradi, fundamental tadqiqotlarni moliyalashtirish uchun qo‘shimcha mablag‘ olib keladi. Yosh IT-kompaniyalar esa bu yerda zarur bo‘lgan yordam topishlari mumkin. Bunday yondashuv butun mamlakat IT-tarmog‘ini yanada yuqoriroq darajaga ko‘tarishga yordam beradi. Chunki bunda korxona va tashkilotlar nafaqat muayyan buyurtmalarni bajaruvchilar rolini o‘ynaydi, balki butun jarayonga to‘liq jalb qilinadi. Bu biznes va fan qo‘shilishidan ijobiy samara beradi: texnopark nafaqat malakali dasturchilarni yetkazib beruvchi, balki raqobatdosh dasturiy mahsulotlarni ishlab chiquvchiga ham aylanadi.

Agar Sizga maqolada yoritilgan mavzu qiziqarli bo‘lsa, ushbu sohaga bag‘ishlangan sahifada yoki navbatdagi maqola bilan mana bu joyda tanishib chiqishingiz mumkin.

Ushbu  web-sayt  ma’muri, maqolalarning muallifi hamda oddiy bir inson sifatida Sizga va oilangizga Allohdan, sihat-salomatlik, tinchlik va hotirijamlik, baxtli hayot kechirish hamda boshlagan ezgu ishlaringizda omad nasib etishini chin dildan tilab,

Hurmat va ehtirom ila, Qobiljon Ataxanov

P.S. Maqola Sizga manzur kelgan bo‘lsa, iltimos, quyidagi tugmalardan birini bosib yaqinlaringiz bilan o‘rtoqlashing! Agar maqolaga munosabat bildirib, o‘z sharhingizni yozib qoldirsangiz bag‘oyat hursand bo‘laman va oldindan minnatdorchiligimni izhor qilaman!

О программе Қобилжон Атаханов

Смотрите также

Google Adsense тизимида аъзоликни тасдиқлаш ёки рад этиш

Google Adsense тизимида аъзоликни тасдиқлаш ёки рад этиш

Google Adsense тизимида аъзоликни тасдиқлаш ёки рад этиш Don't act so surprised, Your Highness. You …

Добавить комментарий

Ваш e-mail не будет опубликован. Обязательные поля помечены *