Ultimate magazine theme for WordPress.

XALQARO AMNISTIYA TASHKILOTI AQSHDAGI ZO‘RAVONLIKLARNI QORALADI

53

Xalqaro amnistiya tashkiloti AQSHda afroamerikaliklarga qarshi zo‘ravonliklarni qoraladi

Xalqaro amnistiya tashkiloti, AQShda qoratanli fuqarolarga nisbatan zo‘ravonliklarni qattiq tanqid qildi.

Eron teleradiokompaniyasining xabar qilishicha, Xalqaro amnistiya tashkiloti Tvitter sahifasida, AQShda afroamerikalik fuqarolarni qatl etilishini to‘xtatilishi lozimligini ta’kidlab, AQSh mas’ullarini politsiya kuchlarini osoyishta maqsaddagi namoyishlarga qarshi hujumi, oqtanlilarni qoratanlilardan ustun qo‘yish hamda jurnalistlarni qo‘lga olishni oldini olishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, seshanba kuni AQShning ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan videotasvirda asfaltda yotgan qoratanli bir erkakni bo‘yniga oqtanli bir politsiyachi tizzasini qo‘yadi. Qoratanli erkak esa “men nafas ololmayyapman”, “menga suv bering” va “meni o‘ldirmang” degan so‘zlarni aytgan holatida vafot etadi.

Qoratanli bu erkakni halok bo‘lganidan keyin AQShning turli shaharlari va shtatlarida keng qamrovli e’tirozli namoyishlar boshlangan.

Shu holat bo‘yicha Tramp ko‘chalarga chiqqan e’tirozchilarni bezorilar ekanligini iddao qilib, har qanday holatda ham namoyishchilarni politsiya va armiya tomonidan o‘qqa tutilishini istisno qilmagan.

Tramp AQShdagi irqichlikka qarshi boshlangan namoyishlarni bostirilishini qo‘llab -quvvatladi.

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda qoratanli erkakni o‘ldirilganidan keyin kelib chiqqan e’tirozli namoyishlarni bostirilishini himoya qildi.

Kecha AQSh prezidenti Donald Tramp Tvitter sahifasidagi murojaatlarida Oq uy oldidagi e’tirozchilarning boshlagan mitinglariga ishora etgan.

Tramp  AQShlik qoratanli fuqarolardan biri Jorj Floydni qatl etilganiga ishora etmay,  Oq uy oldida to‘plangan AQSh razvedka va maxfiy idoralar xodmlarini tavsiflashda, ularni juda xotirjamlik va juda sabr-toqat bilan vaziyatni nazorat etishlarini maqtadi.

AQSh prezidenti o‘z so‘zlarida Oq uyda xavfsizlikni yaqqol sezayotganidan hursandchiligini bildirdi.

Shuningdek, Tramp boshqa tvitida maxfiy ma’murlar va politsiya e’tirozchilar xoxlaganicha faryod ko‘tarishlariga ijozat beradilar, ammo ular hujm boshlaganlarida, zarur choralarni ko‘radi deb ta’kidlagan.